Exness savdo platformalari hamda ularning kompyuter va boshqa qurilmalardagi farqi

trading-platforms-UZ.png

Exnessda hisob ochganingizda, birinchi qarorlaringizdan biri — qaysi savdo platformasidan foydalanishni tanlash bo‘ladi. O‘rnatilgan funksiyalarga ega Exness Terminalni tanlaysizmi yoki ko'proq moslashtirish imkonini beradigan MetaTrader platformalarinimi — har bir platforma qanday ishlashini tushunish ehtiyojingizga mos yechimni topishga yordam beradi.

Ushbu qo‘llanmada Exnessning turli savdo platformalari, jumladan MetaTrader 4 (MT4) va MetaTrader 5 (MT5), shuningdek ulardan kompyuterda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzer orqali qanday foydalanish mumkinligini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Exness qanday savdo platformalarini taklif qiladi?

Exness bir nechta savdo platformalarini taklif qiladi. Ulardan kompyuterda yoki brauzerda foydalanishingiz mumkin:

Kompyuterda

  • MetaTrader 4 (MT4): Soddaligi va uchinchi tomon indikatorlarining keng tanlovi bilan mashhur bo‘lgan soha standarti.
  • MetaTrader 5 (MT5): MT4’ga nisbatan ko‘proq instrumentlar funksiyalarni taqdim etuvchi MetaTraderning yangilangan platformasi.
  • MultiTerminal: Bir vaqtning o‘zida bir nechta MT4 hisoblarini boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Brauzerda

  • Exness Terminal: Exness tomonidan yaratilgan savdo terminali. MT5 va Exness platformasi hisoblari uchun mo‘ljallangan. MT4 hisoblari qo‘llab-quvvatlanmaydi.
  • MetaTrader VebTerminal: MT4 yoki MT5’ning brauzer talqini bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzeringizda ishlaydi.

Ushbu platformalar mavjud bo‘lgan hollarda foreks, metallar, energiya resurslari, indekslar, aksiyalar va kriptovalyutalar bo‘yicha CFD savdosini qo‘llab-quvvatlaydi.

watchlist and one click trading_UZ.png

Exnessda MT4 va MT5: asosiy farqlar

MT4 va MT5 chakana savdoda eng ko‘p qo‘llaniladigan ikki platforma hisoblanadi. Ikkalasi ham MetaQuotes tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, biroz turlicha ehtiyojlarga xizmat qiladi.

Funksiyalar

MT4

MT5

Order turlari

4 (buy/sell limit va buy/sell stop)

6 (buy/sell stop limit ham bor)

Vaqt oraligʻi

9 (faqat standart)

21 (standart va moslashtiriladigan)

O‘rnatilgan texnik indikatorlar

30

38

Iqtisodiy kalendar

Yo‘q

Ha (o‘rnatilgan)

Ekspert maslahatchilar (EA’lar)

Katta ekotizim

O‘sib borayotgan ekotizim

Kimlar uchun mos

  • Sodda, tanish interfeysni afzal ko‘radigan treyderlar
  • Foreks va tovarlar savdosi
  • EA’lar orqali avtomatlashtirilgan strategiyalarni ishga tushirish
  • MQL4 asosidagi maxsus indikatorlarga tayanadiganlar
  • Kengroq aktivlar diapazonida savdo qilish
  • Ilg‘or diagrammalar va indikatorlarning kengroq to‘plamiga tayanadigan treyderlar
  • MQL5’da yaratilgan EA’lar va maxsus vositalardan foydalanish
  • Platformaning o‘zida o‘rnatilgan iqtisodiy yangiliklar va texnik tahlildan foydalanish
Trading account management_UZ.png

MT4 2005-yilda ishga tushirilganidan beri foreks treyderlari uchun asosiy tanlov bo‘lib kelmoqda. U, ayniqsa, avtomatlashtirilgan savdoda kuchli: MQL4’da yaratilgan ekspert maslahatchilar (EA’lar) va maxsus indikatorlarning katta kutubxonasiga ega. MT5 esa MT4’ning vorisi sifatida yaratilgan bo‘lib, instrumentlar diapazoni kengroq va tahlil imkoniyatlari chuqurroq.

Brauzerda savdo: Exness Terminal va MetaTrader VebTerminal

Exness sozlash talab qilmaydigan, real bozorlar bilan ishlash imkonini beruvchi brauzerga asoslangan ikkita variantni taklif qiladi.

Exness Terminal

Exness Terminal — Exnessning o‘ziga xos savdo platformasi bo‘lib, u aynan MT5 va Exness hisoblari uchun yaratilgan. Unga Shaxsiy Kabinet orqali istalgan MT5 yoki Exness hisobida “Savdo” tugmasini bosib kirishingiz mumkin. Yuklab olish ham, o‘rnatish ham shart emas.

Exness Terminal integratsiyalashgan TradingView diagrammalari asosida ishlaydi: unda oldindan o‘rnatilgan indikatorlar va chuqur texnik tahlil uchun 50 ta chizish vositasi mavjud. Shuningdek, u narx bo‘yicha push-bildirishnomalar, alohida risk kalkulyatori hamda take profit va stop loss’ni sozlashning bir nechta usullarini taklif qiladi.

Platformaning ichida iqtisodiy kalendarni ham bevosita ko‘rishingiz mumkin: unda voqealar mamlakat va ta’sir darajasi bo‘yicha ko‘rsatiladi, FxStreet tomonidan taqdim etiladi.

MetaTrader VebTerminal

VebTerminal — MetaQuotesning MT4 va MT5 uchun brauzer talqini. U har ikkala hisob turi bilan ishlaydi va savdoning asosiy funksiyalarini taqdim etadi, jumladan bozor orderlari, kutilayotgan orderlar, diagrammalar va real vaqt rejimidagi narxlar.

Market Watch funksiyasi orqali mavjud savdo instrumentlari, ularning narxlari va spredlarini real vaqtda kuzatishingiz mumkin. Platforma, shuningdek, 40 tadan ortiq o‘rnatilgan, moslashtiriladigan indikatorlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda texnik tahlil va diagrammalarni moslash uchun mustahkam vositalar to‘plamini taqdim etadi.

MultiTerminal yordamida bir nechta hisobni boshqarish

MultiTerminal — MetaQuotes tomonidan ishlab chiqilgan, faqat Windows’da ishlaydigan va faqat MT4 asosidagi hisoblarga mo‘ljallangan platforma. Unda quyidagi imkoniyatlar bor:

  • Bir vaqtning o‘zida 128 tagacha real hisobda (yoki ayni serverda 10 ta demo hisobda) savdo qilish.
  • Hisoblar bo‘yicha lotlarni taqsimlash; bu uni MAM (Multi-Account Manager) va PAMM (Percentage Allocation Management Module) tizimlarini yuritishda foydali qiladi.

Biroq bu platforma aksariyat chakana savdo treyderlari uchun mo‘ljallanmagan — u bir nechta portfellarni yuritadigan aktiv boshqaruvchilarga ko‘proq mos keladi.

ins-cta-indicators.png

Aqlliroq savdo qarorlarini qabul qiling

Demo yoki real hisoblarda ekspert tahlili va vositalardan foydalaning.

Hozir sinab ko‘ring

Nega Exness savdo platformalari yetakchi?

Platforma qanchalik mos ekanini baholashda treyderlar odatda ishonchlilik, ijro sifati va mavjud vositalarga e’tibor qaratadi.

Ishonchlilik va ijro

Exness savdo platformalari quyidagilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan:

  • Bozor volatilligi paytida barqaror ijro1
  • Orderlarni past kechikish bilan qayta ishlash
  • Real vaqt rejimidagi narx oqimlari

Ijro sifati hisob turi, instrument va bozor sharoitlariga bog‘liq.

Savdo vositalari va diagramma imkoniyatlari

Exness o‘z platformalari orqali treyderlarga quyidagilardan foydalanish imkonini beradi:

  • MT4/MT5’da 40 tadan ortiq moslashtiriladigan indikatorlar
  • TradingView orqali Exness Terminal’da 100 tadan ortiq indikatorlar
  • Exness Terminal va MT5’da o‘rnatilgan iqtisodiy kalendarlar
  • Avtomatlashtirilgan savdo imkoniyatlari
  • Bir bosishda savdo qilish
  • Risk boshqaruvi vositalari
Indicator_UZ.png

Strategiyangizga mos platformani tanlang

To‘g‘ri savdo platformasi — “ko‘proq funksiyalar” degani emas; gap aynan siz qanday savdo qilishingiz uchun kerakli vositalarga ega bo‘lishidadir. Exness Terminalning mustahkamligi, MT4’ning tanishligi yoki MT5’ning kengaytirilgan funksionalligini afzal ko‘rasizmi — Exness savdo platformalari ekotizimi turli savdo uslublari, tajriba darajalari va strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan.

Shuni unutmang: Exnessda mavjud turli savdo platformalarini demo hisob orqali istalgan payt sinab ko‘rishingiz mumkin. Bu sizga funksiyalarni xatarsiz taqqoslash va savdo qarorlaringizga mos sozlamani tanlash imkonini beradi.

Custom interval_UZ.png

Ko‘p beriladigan savollar

Exness savdo platformalarini ilk bor qanday sinab ko‘rsam bo‘ladi?

Mavjud platformalarimizni demo savdo orqali sinab ko‘rishingiz mumkin. Hisob turingiz va savdo afzalliklaringizga qarab, demo hisoblar yordamida MetaTrader 4, MetaTrader 5, Exness Terminal, VebTerminal va MultiTerminal’ni test qilasiz. Demo savdo har bir platformaning turli funksiyalarini tushunishni osonlashtiradi va savdo uslubingizga mos sozlamani topishga yordam beradi.

Exness MetaTrader’ni qo‘llab-quvvatlaydimi?

Ha. Exness ham MetaTrader 4’ni, ham MetaTrader 5’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Siz foydalanadigan platforma ochadigan hisob turiga bog‘liq. MT4 va MT5 hisoblari kompyuter, mobil va brauzer talqinlarida mavjud.

Hech qanday dastur yuklab olmasdan Exnessda savdo qilsam bo‘ladimi?

Ha. VebTerminal ham, Exness Terminal ham to‘liq brauzerga asoslangan va o‘rnatishni talab qilmaydi. VebTerminal MT4 va MT5 hisoblari bilan ishlaydi. Exness Terminal esa MT5 hisoblari uchun mo‘ljallangan va Shaxsiy Kabinetdan kiriladi.

Exness afzalliklari bilan savdo qiling

Bu investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tgan natijalar kelajakdagi daromadlarning kafolati emas. Kapitalingiz xavf ostida, iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.


  1. Kechikishlar va sirpanish yuz berishi mumkin. Ijro tezligi yoki aniqligi kafolatlanmaydi.

Tegishli maqolalar


Barcha maqolalarga qaytish