Treyderdan hamkorgacha: Tarmog‘ingizni daromadga aylantiring
Agar siz moliyaviy bozorlarda muntazam savdo qilsangiz, tajriba almashish ko‘pincha tabiiy holga aylanadi. Siz bozor tahlilini e’lon qilishingiz, bitim ochish bo‘yicha g‘oyalarni ulashishingiz yoki fikrdosh treyderlar uchun savdo guruhini yuritishingiz mumkin.
Lekin xuddi shu faoliyat daromad topish yo‘liga aylansa-chi?
Exness hamkorlik dasturida ro‘yxatdan o‘tib, boshqa treyderlarni Exnessga jalb qilishingiz va ularning savdo faoliyatidan komissiya olishingiz mumkin — bu boshqa brokerlarda oladiganingizdan ikki baravar ko‘p daromad olish imkonini beradi.1
Treyderlar nega Exnessni o‘z hamkori sifatida tanlashini va qanday qilib ikki baravar ko‘p daromad olish mumkinligini bilish uchun o‘qishda davom eting.
Treyderlar qanday qilib Exness hamkoriga aylanishi mumkin?
Agar siz savdo haqida bilganlaringizni allaqachon ulashayotgan bo‘lsangiz, Exness bilan tanishtiruvchi broker (IB) sifatida hamkorlik qilib, bu tajribani yanada rivojlantirishingiz mumkin.
IB sifatida siz tarmog‘ingizdagi treyderlarni Exness’ga jalb qilasiz va ularning savdo faoliyatidan komissiya ishlab olasiz.
Va siz bunday qadamni tashlayotgan birinchi treyder bo‘lmaysiz. Exness IB’larining 95,2%-i treyder sifatida boshlagan,2 2025-yilda faol IB’lar esa oyiga o‘rtacha 3600 AQSh dollaridan ortiq komissiya ishlab olgan.3
Hamkorlikni yo‘lga qo‘yganingizdan so‘ng, daromadingiz siz jalb qilgan mijozlarning savdo faolligiga va bizning daromadlarni taqsimlash modelimiz buni qanday mukofotlashiga bog‘liq bo‘ladi.

Exness hamkorlik dasturiga qo'shiling
Daromad ulushi tavsiyalarni qanday qilib daromadga aylantiradi?
Daromad ulushi modelimizda siz jalb qilingan mijozlaringiz Exnessda savdo qilganida komissiya ishlab olasiz. Daromadingiz bir martalik tavsiyaga emas, ularning davomiy savdo faoliyatiga bog‘liq.
Bu siz uchun nimani anglatadi:
- 40% gacha ishlab oling: Hamkor darajangizga qarab, jalb qilingan mijozlaringiz savdolaridan olinadigan spredning 40% gacha qismini ishlab olishingiz mumkin.
- Barqarorroq daromad oqimini yarating: Jalb qilingan mijozlaringiz savdo qilishni davom ettirsa, ularning komissiyaga hisobga olinadigan bitimlari sizga komissiya keltirishda davom etadi.
- Mavjud tarmog‘ingizdan samarali foydalaning: Bu model ta’lim beruvchilar, mentorlar hamda savdo hamjamiyatlari yoki tarmoqlarini yuritadiganlar uchun mos bo‘lishi mumkin.
- O‘zingizga qulay usulda to‘lov oling: Komissiyangiz hamkor hisobingizga darhol o‘tkaziladi4.
- Kerak bo‘lgan paytda komissiyangizni oling: Komissiyangizni darhol yechib olishingiz mumkin.5
Lekin hamkorlar Exness’dan ko‘proq daromad qilishi mumkin bo‘lgan yana bir sabab bor: siz jalb qilgan mijozlar savdo bitimlarining ko‘proq qismi komissiya to‘lashda hisobga olinadi.
Nega Exness hamkorlari 2 baravar yuqori daromad oladi
Exness hamkorlari boshqa brokerlarga qaraganda ikki baravar ko‘p daromad oladi, chunki biz keng tarqalgan to‘siqlarni olib tashlaymiz.
IB sifatida siz jalb qilingan mijozlaringizning hisobga olinadigan savdolarining 100%-i6 uchun, jumladan qisqa pozitsiyalar bo‘yicha savdolar uchun ham komissiya ishlab olishingiz mumkin. Aslida, Exness hamkor mukofotlarining 56%-dan ortig‘i uch daqiqadan kam ushlab turilgan savdolardan kelgan.7
3 daqiqalik savdo davomiyligi ko‘plab brokerlarda to‘lov uchun odatiy chegaraviy mezon bo‘lgani sababli, bu cheklov qo‘llaniladigan modellar potensial komissiyaning yarmidan ko‘prog‘ini qamrab olmaydi.
Exness hamkorlari, shuningdek, umrbod to‘lovlardan ham bahramand bo‘ladilar. Hisobga olinadigani faqat yangi yo‘naltirilganlar emas. Mavjud yo‘naltirilgan mijozlar ham ular faol savdo qilayotgan vaqt davomida sizga komissiya keltirishda davom etishi mumkin.
Yo‘naltirilganlaringizning ko‘proq savdolari komissiyaga mos kelsa, ularning savdo faolligining kattaroq qismi daromadingizga hissa qo‘shishi mumkin.
Hamkorlar komissiyadan tashqari yana nimalarni topishi mumkin?
Hamkor komissiyasi — daromad olishning asosiy yo‘li, ammo mavjud bo‘lgan yagona mukofot emas.
Hamkorlar uchun sadoqat dasturimiz orqali talablarga javob beradigan hamkorlar 500 000 AQSh dollarigacha qo‘shimcha mukofotlar olishi mumkin.8 Dastur bosqichlariga erishib borgani sari ular darajalar bo‘yicha yuqorilab boradi va yanada yirikroq mukofotlarni, jumladan hashamatli buyumlar hamda sayohat imkoniyatlarini qo‘lga kiritishi mumkin.
Hamkorlar, shuningdek, eksklyuziv tadbirlarda qatnashish, o‘quv imkoniyatlari hamda shaxsiy biriktirilgan hisob menejerlarining qo‘llab-quvvatlashidan foydalanish imkonini qo‘lga kiritishlari mumkin.
Exness hamkori bo‘lish navbatdagi qadamingizmi?
Agar siz allaqachon boshqa treyderlar bilan savdo g‘oyalari, bozor tahlili yoki ta’limiy kontent ulashayotgan bo‘lsangiz, sizda hamkorlar tarmog‘i uchun boshlang‘ich punkt allaqachon mavjud bo‘lishi mumkin.
Exness IB bo‘lish sizga shu tarmoqni yanada rivojlantirish va siz jalb qilgan mijozlarning savdo faolligidan daromad olish imkonini beradi.
Exness hamkorlik dasturi haqida batafsil ma’lumot oling yoki tanishtiruvchi broker bo‘lishning afzalliklari bilan tanishing.
Ko‘p beriladigan savollar
Daromad ola boshlash uchun kamida nechta yo‘naltirilgan mijoz kerak?
Yo'q. Siz birinchi faol jalb qilingan mijozingizdan boshlab komissiya ola boshlaysiz.9 Daromad olishni boshlash uchun faol yo‘naltirilganlarning minimal soni talab qilinmaydi.
Tanishtiruvchi broker (IB) bo‘lish uchun Exness’da savdo qilishim kerakmi?
Yo'q. Exness IB bo‘lish uchun Exness’da savdo qilayotgan bo‘lishingiz shart emas. Exness hamkorlari orasida treyderlar, o‘qituvchilar, murabbiylar, kontent yaratuvchilar va savdo hamjamiyatlarini yuritadiganlar bo‘lishi mumkin.
Qancha hamkor komissiyasi topishim mumkinligiga cheklov bormi?
Hamkor komissiyasi uchun belgilangan qat’iy limit yo‘q. Qancha topishingiz hamkor darajangiz va sizning jalb qilingan mijozlaringizning komissiyaga mos savdo faolligi kabi omillarga bog‘liq.
Hamkor komissiyasini qanchalik tez olsam bo‘ladi?
Komissiyangizni darhol yechib oling.5 Hamkorlarning yechib olishlarining 99% qismi avtomatik tarzda qayta ishlanadi,10 o‘rtacha qayta ishlash vaqti esa 2,2 daqiqani tashkil etadi.11
Ushbu maqola investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tmishdagi natijalar kelajakdagi natijalarning kafolati yoki ko‘rsatkichi emas. Ushbu maqolada keltirilgan axborot, ma’lumotlar, narxlar va bozor sharoitlari nashr etilgan sana holatiga ko‘ra aniq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Kapitalingiz xavf ostida. Iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.
- Hamkor daromadining 2 barobar yuqori bo‘lishi 2025-yilning 4-choragida o‘tkazilgan tahlilga tegishli bo‘lib, unda Exness IB mukofotini olish huquqi shartlari boshqa uchta broker shartlari bilan taqqoslangan. Taqqoslash talablarga javob beradigan savdo hajmiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan minimal savdo davomiyligi talablaridagi farqlarni aks ettiradi va brokerlar o‘rtasida teng hamkor mukofotlarini taxmin qiladi. Haqiqiy hamkor daromadlari farq qilishi mumkin.
- Ma’lumotlar chiqarib olingan sanadan oldingi bir yil ichida mukofot ola boshlagan hamkorlar orasida hamkor bo‘lmagan platformalar orqali ro‘yxatdan o‘tganlar ulushi. 30/03/2026 sanasida chiqarib olingan.
- O‘rtacha oylik daromad da’vosi Exness bilan 2025-yildan oldin ishlashni boshlagan va 2025-yildan keyin ham faol bo‘lib qolgan, umrbod mukofotlari ≥100 AQSh dollari bo‘lgan faol hamkorlar oladigan o‘rtacha komissiyani anglatadi. Ma’lumotlar 30/03/2026 sanasida chiqarib olingan.
- Tezkor komissiya - bu yo‘naltirilgan mijozlar buyurtmalarini yopgandan so‘ng 20 daqiqa ichida mukofotlar hamyoniga o‘tkazilganda olinadigan mukofotdir.
- Tezkor yechib olish da’vosi hamkorlarning oxirgi 12 oy davomida avtomatik tarzda qayta ishlangan tashqi mablag‘ yechib olish ulushiga tegishlidir. Ma’lumotlar 30/03/2026 sanasida chiqarib olingan.
- Savdo bo‘yicha hisob-kitoblarning 100% Exness IB mukofot modeli bo‘yicha muvofiq savdo faoliyatiga tatbiq etiladi. Qoidalar va shartlar amal qiladi.
- 2014-yilning 1-choragidan 2026-yilning 1-choragigacha hamkor komissiyasi bo‘yicha mavjud barcha Exness’ning mavjud barcha ma’lumotlariga hamda boshqa yettita yirik broker bilan taqqoslashga asoslangan.
- Exness Hamkor sadoqat dasturi doirasida qo‘shimcha mukofotlar mavjud. Qoidalar va shartlar amal qiladi.
- Savdo riskli. Qoidalar va shartlar qo‘llaniladi.
- Da’volarning 99%-i hamkorlarning oxirgi 12 oy davomida avtomatik tarzda qayta ishlangan tashqi mablag‘ yechib olish ulushiga tegishlidir. Ma’lumotlar 30/03/2026 sanasida chiqarib olingan.
- 12,2 daqiqa so'rov yuborilgan paytdan boshlab oxirgi 12 oy ichida ishlov berish vaqtining (daqiqalarda) medianasini anglatadi. Ma’lumotlar 30/03/2026 sanasida chiqarib olingan. Exness hamkorlarining yechib olishlarining 94,2% qismi 20 daqiqa ichida qayta ishlangan.