Hiram Medina: savdoni sodda, intizomli va shaffof qilish
Har bir treyderning o‘z hikoyasi bor, ammo Hiram Medina uchun uning yo‘li oddiy bir maqsaddan boshlangan: oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish erkinligini beradigan kasb topish. Bu izlanish oxir-oqibat uni moliyaviy bozorlarga olib keldi.
Bugun lotin amerikalik treyder va Exness Team Proning eng yangi a’zosi asosan Nasdaq 100 indeksida savdo qiladi hamda savdo bo‘yicha ta’limni yanada shaffof qilishga intiladi.
Ushbu intervyuda Hiram savdoga yondashuvini shakllantirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashadi hamda nega intizom, soddalik va risklarni boshqarish uzoq muddatli o‘sishning poydevori, deb hisoblashini tushuntiradi
Treyder bo‘lishdan avval siz elektron muhandislikni o‘qigansiz va bir nechta biznesni yuritgansiz. Savdo bilan shug‘ullanishga sizni nima undadi?
Men elektron muhandislikni o‘qiganman, chunki otam men uchun shuni xohlardi. O‘qishni tugatgach, bu men xohlagan hayot emasligini angladim, shuning uchun buning o‘rniga bir nechta biznesni yo‘lga qo‘ydim. Ular muvaffaqiyatli edi, ammo o‘g‘lim tug‘ilgach, oilam bilan o‘tkazishga juda kam vaqtim borligini tushundim.
Ularni ta’minlay olgan holda vaqtim ustidan ko‘proq nazoratga ega bo‘lishni xohlardim. Bu meni turli imkoniyatlarni o‘rganishga undadi va oxir-oqibat akam meni savdo bilan tanishtirdi.
Dastlab u taqdim etadigan moliyaviy imkoniyatlar meni jalb qildi, ammo tez orada buni bir kechada o‘zlashtirib bo‘lmasligini angladim. Men o‘qishim, mashq qilishim va eng boshidan boshlashim kerak edi. O‘rgangan sari, men ham yangi boshlovchilarga savdoning asoslarini o‘rgata boshladim — bu esa yanada ko‘proq rivojlanishimga yordam berdi.
Men doim nimanidir chinakam tushunishning eng yaxshi yo‘llaridan biri — uni o‘rgatish, deb ishonib kelganman. Ortga nazar tashlasam, aynan shunday qilib men ham treyder, ham o‘qituvchi sifatidagi yo‘limni boshlaganman.

Dunyoning yetakchi indekslariga kirish
Juda tez ijro va past hamda barqaror spredlar* bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya va Yaponiya bozorlaridagi yetakchi aksiya indekslarida savdo qiling.
Spredlar bozor volatilligi, yangiliklar e’lonlari, iqtisodiy voqealar, bozorlarning ochilishi yoki yopilishi, shuningdek savdo qilinayotgan instrument turi kabi omillar ta’sirida o‘zgarishi va kengayishi mumkin.
Siz tez-tez savdo — bu qimor emas, deb aytasiz. Professional treyderni shunchaki omadini sinab ko‘rayotgan odamdan nima farqlaydi?
Eng katta farq — tayyorgarlikda. Har qanday kasb singari, savdo ham yillar davomida mashq qilishni, uzluksiz o‘rganishni va vaqt o‘tishi bilan yaxshilanib borish uchun intizomni talab qiladi.
Men buni ko‘pincha futbol bilan qiyoslayman. Deyarli hamma to‘p tepishni biladi, biroq juda ozchilik professional futbolchi bo‘ladi. O‘sha darajaga yetganlar yillar davomida mashq qilib, o‘z mahoratini mukammallashtiradi. Savdo ham bundan farq qilmaydi.
Yana bir muhim farq — diqqatni jamlash. Hamma narsada savdo qilishga urinmasdan, men Nasdaq 100 bo‘yicha ixtisoslashishni tanladim. U qanday harakatlanishini, imkoniyatlar odatda qachon paydo bo‘lishini va men izlayotgan shakllanishlarni bilaman. Diqqatingizni qanchalik toraytirsangiz, tushunchangiz shunchalik chuqurlashadi.
Riskni boshqarish ham shunchalik muhim. Har bir savdo aniq ishonchga emas, ehtimollarga tayanadi. Professional treyder yo‘qotishlar jarayonning bir qismi ekanini qabul qiladi va har bir savdo albatta foyda keltirishiga umid bog‘lash o‘rniga, riskni shunga mos ravishda boshqaradi. Aynan shu narsa savdoni qimordan ajratib turadi.
Ma’lumotingiz elektron muhandislik sohasida. Bu savdoga yondashuvingizni qanday shakllantirdi?
Muhandislik menga muammolardan qochish emas, ularni hal qilishni o‘rgatdi. Universitetda hech kim menga tayyor javoblarni tutqazib qo‘ymasdi. Yechimini topgunimcha murakkab masalalar ustida tinmay ishlashimga to‘g‘ri kelardi. Shu fikrlash tarzi savdo faoliyatim davomida hamisha men bilan qoldi.
Men savdo qilishni endigina boshlaganimda, juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydim. Bozorni, brokerni yoki strategiyamni ayblash o‘rniga, o‘zimdan nimani boshqacha qilishim kerakligini so‘rashni o‘rgandim. Har bir xato tahlil qilinadigan narsaga aylandi.
Menimcha, bu o‘sadigan treyderlar bilan o‘smaydiganlar o‘rtasidagi eng katta farqlardan biri. Agar boshqa natija istasangiz, nimanidir o‘zgartirishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Bozor o‘zgarishi shart emas. O‘zingiz o‘zgarishingiz kerak.
Sizning savdo strategiyangiz soddalikka asoslangan. Bunday yondashuvga qanday keldingiz?
Men savdo qilishni endigina boshlaganimda, ko‘p treyderlar kabi edim. Hamma narsada savdo qilgim kelardi va har doim yanada yaxshiroq ishlashi mumkin bo‘lgan navbatdagi strategiyani izlar edim.
Pandemiya davrida yondashuvimni soddalashtirdim. Turli bozorlar va strategiyalar o‘rtasida u yoqdan-bu yoqqa sakrash o‘rniga, bitta instrument — Nasdaq 100 ga e’tibor qaratdim va uning qanday harakatlanishini tushunishga bor kuchimni sarfladim.
Bugun mening strategiyam bozor strukturasi, qo‘llab-quvvatlash va qarshilik darajalari hamda Nyu-York bozori ochilishi atrofida aniq belgilangan kam sonli savdo vaziyatlariga asoslanadi. Men sizga barqaror treyder bo‘lish uchun murakkab tizim kerak, deb o‘ylamayman.
Agar yondashuvimni ta’riflashim kerak bo‘lsa, u juda sodda: bitta narsaga e’tibor qaratib, uni mukammal o‘zlashtirish ustida ishlash.
Yillar davomida riskni boshqarish bo‘yicha yondashuvingiz sezilarli darajada o‘zgargan. Nima o‘zgardi?
Boshida ko‘p treyderlar yo‘l qo‘yadigan xatolarga men ham yo‘l qo‘yganman. Kredit yelkasini me’yoridan oshirib yuborardim, har bir savdoda haddan tashqari katta risk qilardim va kattaroq pozitsiya kattaroq foyda olib keladi, deb o‘ylardim. Aslida esa bu kattaroq yo‘qotishlarga olib kelardi.
Vaqt o‘tib, kapitalimni himoya qilish hammasidan ustun bo‘lishi kerakligini angladim. Bugun bitta savdoda hisobimdagi mablag‘ning 1%-idan ortig‘ini risk qilmayman va odatda kuniga atigi bitta savdo qilaman. Zarar ko‘rsam, buni qabul qilaman va davom etaman. Yo‘qotishni qoplash uchungina savdo qilishni davom ettirishning hojati yo‘q.
O‘sha intizom savdo uslubimni o‘zgartirdi. Har bir savdo foydali bo‘lavermasligini bilaman. Muhimi — har safar rejamga amal qilish va riskni boshqarish.
Rejangizga muvofiq yuz bergan yo‘qotish yomon savdo emas. Bu shunchaki mumkin bo‘lgan natijalardan biri, xolos.
Ko‘p treyderlar faqat foydali savdolarini ulashadi. Nega yo‘qotishlaringizni ham ulashish muhim, deb hisoblaysiz?
Menimcha, savdoning realligiga halol yondashish muhim. Hech bir treyder har bir savdodan foyda qilmaydi, aksini ko‘rsatishga urinish esa hali o‘rganayotgan odamlarda haqiqiy bo‘lmagan kutilmalarni paydo qiladi. Men odamlar shuni tushunishini xohlayman: zarar bilan yakunlangan savdo sizni yomon treyder qilib qo'ymaydi.
Shu sababli men savdo natijalarimni hamjamiyatim bilan baham ko'raman. Agar savdo kutilganidek chiqmasa, biz uni birga tahlil qilamiz. Rejamga amal qilgan-qilmaganimni, nima bo‘lganini va bundan nimalarni o‘rganishimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Siz yangi treyderlarni o‘qitishga juda ko‘p vaqt ajratasiz. Boshlovchilarda eng ko‘p uchraydigan xato qaysi, deb o‘ylaysiz?
Menimcha, ko‘plab boshlovchilar savdo amalda mumkin bo‘lganidan ancha tez natija berishini kutishadi. Bitta yondashuvni puxta egallashga vaqt ajratish o‘rniga, mukammal sozlamani izlab, bir strategiyadan boshqasiga o‘taverishadi.
Mening maslahatım: bitta bozorni, bitta strategiyani tanlang va uni to‘g‘ri o‘rganish uchun o‘zingizga vaqt bering.
Barqarorlik boshqa narsani tinmay izlashdan emas, bitta yondashuvni mukammal egallashdan keladi.
Savdo — bu kasb, har qanday kasb kabi, savdo ko‘nikmalarini rivojlantirish ham vaqt talab qiladi.
Exnessni siz uchun to‘g‘ri hamkorga aylantirgan narsa nima va Exness Team Pro a’zosi sifatida nimalarni intiqlik bilan kutyapsiz?
Exnessda menga eng yoqqani — mahsulotlar haqiqatan ham men o‘qitadigan uslubni qo‘llab-quvvatlaydi
Masalan, Standard Cent hisobi. Bu boshlovchilar uchun ajoyib vosita, chunki u ularga ancha kichik kapital bilan ishlagan holda real bozor sharoitlarini his qilib ko'rish imkonini beradi. Bu treyderlarga riskni oshirishdan oldin yaxshi odatlarni shakllantirishga e’tibor qaratishga yordam beradi.
Men savdo shartlarini ham yuqori qadrlayman. Tezkor yechib olish, raqobatbardosh spredlar va ishonchli ijro muntazam savdo qilayotganingizda sezilarli farq qiladi.
Exness Team Pro a’zosi sifatida ko‘proq ispan tilida so‘zlashuvchi treyderlarga yetib borish va odamlarga ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradigan ta’limiy kontent yaratishda davom etishni intiqlik bilan kutyapman.
Agar treyderlarga bitta maslahat qoldira olsangiz, u nima bo‘lardi?
Soddaroq qiling.
Ko‘p treyderlar hammasini o‘rganish yoki har bir bozorda savdo qilish kerak, deb o‘ylashadi, ammo bu kamdan-kam hollarda barqarorlikka olib boradi. Bitta bozorni, bitta strategiyani tanlang va uni mukammal egallash uchun o‘zingizga vaqt bering.
Shu bilan birga, risk boshqaruvi va psixologik holatingizni ham e'tibordan chetda qoldirmang. Yo‘qotishlar savdoning bir qismi ekanini qabul qiling, rejangizga amal qiling va o‘zingiz ustingizda ishlashda davom eting.
Savdoga uzoq muddatli yondashuv
Hiram'ning savdoga yondashuvi mukammal strategiyani topishga asoslanmagan. U' puxta tayyorgarlik, intizom va uzluksiz o‘rganishga sodiqlik asosiga qurilgan.
U Exness Team Pro jamoasiga qo‘shilar ekan, uning e’tibori o‘sha-o‘sha: ispan tilida so‘zlashuvchi treyderlarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam berish, risklarni boshqarishning muhimligini tushuntirish hamda savdoni egallash vaqt talab qiladigan kasb sifatida ko‘rishga undash.
Lotin Amerikasi va undan tashqaridagi treyderlar uchun Hiramning yo‘li shuni eslatadiki, uzoq muddatli rivojlanish har bir imkoniyatni quvlashdan kelib chiqmaydi. Bu aniq jarayonga amal qilish, javobgarlikni his etish va doimiy o‘rganishdan keladi.
Ushbu maqola investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tmishdagi natijalar kelajakdagi natijalarning kafolati yoki ko‘rsatkichi emas. Ushbu maqolada keltirilgan axborot, ma’lumotlar, narxlar va bozor sharoitlari nashr etilgan sana holatiga ko‘ra aniq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Kapitalingiz xavf ostida. Iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.